30 July 2021 year 937

Fuqarolarga kredit evaziga avtomashinalarni olib berishni vaʼda qilib, pullarini firibgarlik bilan oʻzlashtirgan “LR LAND ROVER” MCHJ masʼullariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro viloyat hokimining messenjeriga ariza bilan murojaat qilib, 2020-yil may oyida Samarqand shahri Dahbet koʻchasida joylashgan “LR LAND ROVER” MCHJga kredit asosida “Jentra” rusumli avtomashina olish uchun murojaat qilgangini, ular oʻrtasida shartnoma tuzilganidan keyin, maʼlum bir muddatga ushbu mashinani boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib, jadval asosida belgilangan muddatda toʻlovlarni amalga oshirish sharti bilan avtomashinani berganligini, u tomonidan toʻlov vaqtida amalga oshirib kelinayotganligi, 2021-yil iyun oyida jamiyat direktori M.M. unga telefon qilib, “transport vositasini nomingizga rasmiylashtirib beramiz”, deb chaqirtirib, avtomashinani olib qoʻyganligini va hozirgi kunga qadar avtomashinani rasmiylashtirib bermasdan kelayotganligini bildirgan.

Mazkur arizaga asosan, Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, “LR LAND ROVER” MCHJ raxbari M.M. yuqoridagi holatdan tashqari, bir qator fuqarolarni aldab ishonchiga kirib, mol-mulkini qoʻlga qiritayotganlini anilandi.

Jumladan, B.Sh. va boshqalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilib, unda ushbu jamiyat direktori M.M.
10-15 kun muddat ichida turli rusumdagi avtomashinalarni olib berishni vaʼda qilib, ulardan 2019-yil oktyabr oyidan va 2020-yil noyabr oyiga qadar boʻlgan davrda ulardan 50 mln. soʻmdan 120 mln. soʻmgacha pul mablagʻlarini olib, hozirgi kunga qadar avtomashina olib bermasdan aldab kelayotganligi bois, direktori va jamiyatning boshqa xodimlariga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Shuningdek, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, “LD LAND ROVER” MCHJ direktori fuqarolarga avtotransport vositalarini 1 ish kuni va boshqa qisqa muddatlarda sotib olib berishni vaʼda qilib, ularning ishonchiga kirib, 2019-yil oktyabr oyidan 2021-yil may oyiga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida firibgarlik yoʻli bilan 16 nafar fuqaroning jami 550.479.685 soʻm pul mablagʻlarini qoʻlga kiritib, fuqarolarga avtotransport vositalarini yetkazib bermasdan va ushbu pul mablagʻlarini jamiyat hisob raqamiga kirim qilmasdan, oʻzining ehtiyojlariga sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur yuzasidan joriy yilning 29-iyul kuni Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan MCHJ direktori M.M. va jamiyatning boshqa masʼul shaxslariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu MCHJ dan jabr koʻrgan fuqarolar Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimiga murojaat qilishlari soʻraladi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech