IIB tarixi

Samarqand viloyati IIB tarixi

 O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning joylardagi xizmatlari huquqni muhofaza qilish idoralari tizimiga kiradi. Ichki ishlar idoralari faoliyatini takomillashtirish va tartibga solish yuzasidan davlatimiz yuqori organlarining ko‘plab qonunlari va qarorlari qabul qilingan. Ularga, 1919 yil 26 iyunda Turkiston ASSR Ichki ishlar xalk komissariatining «Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Respublikasidagi Sovet ishchi —dehqon militsiyasi to‘g‘risidagi Nizom», usha yilning iyul‘ oyida qabul qilingan» Turkiston ASSRda , jinoiy qidiruvni tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom», 1948 yilda qabul qilingan» Militsiya postlari va patrul xizmatining Nizomi», 1953 yil 20 iyuldagi O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashining «O‘zbekiston SSRda jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish va jamoat tartibini saqlash choralari to‘g‘risida»gi qarori, sobiq SSSR Oliy Kengashi Rayosatining 1962 yil 26 sentyabridagi har yili 10 noyabrni «Militsiya kuni» deb belgilab, uni bayram qilish to‘g‘risidagi Farmoni, ichki ishlar idoralarida dastlabki tergov yuritish huquqini bergan sobiq ittifoq Oliy Kengashi Rayosatining 1963 yil 6 aprelidagi» Jamoat tartibini saklash idoralariga dastlabki tergovni olib borish huquqini berish to‘g‘risida»gi Farmonlari kiradi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech