22 Avgust 2024 yil
1172
Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Jahon chempionati sovrindori
Turkiyaning Istanbul shahrida sportning “muaytay” turi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada 11 ta davlatdan 500 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. O‘zbekistonlik sportchilar unda 6 ta oltin, 10 ta kumush va 13 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Mazkur musobaqada mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan Samarqandviloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimi Furqat Yusupov ham ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Hamkasbimizni ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!