22 Iyul 2024 yil 2892

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhammedov ishtirokida joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuhammedov ishtirokida joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Boshqarma boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov, IIB boshlig‘ining o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari hamda tegishli mutasaddi xodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan o‘tgan olti oy davomida viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

Jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan hudud mutasaddi rahbarlariga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar xususida ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi.

Tadbirda Vazir o‘rinbosari so‘zga chiqib, korrupsiya va ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish borasida qat’iy talab va topshiriqlarni yetkazdi.

Tadbir yakunida viloyat hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlashda hamkasblariga har tomonlama o‘rnak bo‘layotgan bir guruh xodimlar hamda yoshlarga o‘z tajribalarini o‘rgatib kelayotgan soha faxriylari munosib e’tirof etildi.

Ularning bir guruhiga viloyat Ichki ishlar boshqarmasining tashakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.



Text to speech