6 Noyabr 2024 yil 3998

Navbatdagi qabul

Tashkil etilayotgan sayyor qabullardan aholi mamnun bo‘lishi kerak. 

Fuqarolarni qiynayotgan masalalar qonun doirasida o‘z yechimini topishi zarur.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Rahmat Mamatovning navbatdagi fuqarolar qabulida bu alohida qayd etildi. Unda fuqarolarning ijtimoiy-maishiy mavzudagi muammolari eshitildi.

Boshqarma boshlig‘i bildirilgan murojaatlarni atroflicha o‘rganib, mavjud muammolarni ijobiy hal etishni ta’kidladi.

Mas’ullarga fuqarolarning mavjud masalasiga bee’tibor bo‘lmasligi, ishga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi keltirildi. 

Yuzma-yuz qabulda bayon qilingan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech