6 Avgust 2024 yil
868
Qo`shrabot tumanida yig`ilish o`tkazildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Qo`shrabot tumanida yig`ilish o`tkazdi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Qo`shrabot tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman IIB boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Xaydarov Amir O`ktamovichni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.