17 Aprel 2023 yil 958

Uyatli rasmlarini xotiniga koʻrsatishi bilan qoʻrqitib, erkakdan tovlamachilik yoʻli bilan 15.000 AQSH dollari talab qilgan ayollar ushlandi

Olingan tezkor maʼlumotlarga asosan 31 yoshli ayol 33 yoshli pastdargʻomlik erkakdan tovlamachilik yoʻli bilan pul talab qilgan.

Erkak 2022-yil fevral oyida ayolning yashash xonadoniga dori olib borib bergan vaqtida tanishib qolgan. U bilan yaqin aloqada boʻlib kelgan va 2022-yil avgust oylarida oralariga sovuqchilik tushgan.

Natijada aloqalar uzilgan va uchrashuvlar toʻxtagan. Oʻtgan 2022-yil dekabr oyida ayol erkakka tez-tez qoʻngʻiroq qilib u bilan birga boʻlgan vaqtlaridagi rasmlar va videolari borligini aytib, ushbu video va rasmlarni, qolaversa u bilan boʻlgan yozishmalarni oilasiga koʻrsatishi bilan qoʻrqitgan.

2023-yil mart oyida aytilgan pullarni bermasa hammasini uning oilasiga koʻrsatib, oilasini buzish bilan bir necha bor tahdid qilgan va evaziga 15.000 AQSH dolari miqdorida pul talab qilgan.


Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 11-aprel kuni Samarqand viloyat IIB TQX JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahar Ali Qushchi koʻchasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi ariza muallifidan 6. 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.


Mazkur shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech