17 Aprel 2024 yil
1093
Urgut tumanida viloyat 3-sektorining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Qabulni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Muzaffar Rahmatullayev o‘tkazdi.
Unda turli sohalarga oid 30 ga yaqin murojaatlar tinglandi.
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, qonuniy qaror qabul qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Shuningdek, bir guruh yoshlarga ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.