13 Yanvar 2024 yil
1783
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari davom etmoqda
14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari Samarqand shahridagi yoshlar markazida davom etdi. Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirokchilarni tabrikladi.
Bir guruh harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari Mudofaa vazirligining koʻkrak nishonlari va hokimlikning faxriy yorligʻi hamda sovgʻalari bilan taqdirlandi.