27 Iyun 2025 yil 506

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining bir guruh xodimlari taqdirlandi

Samarqand viloyati IIBda 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda Boshqarma boshlig‘ining polkovnik Rahmat Mamatov ishtirok etib, matbuot, ommaviy axborot vositalari ishi hamma zamonlarda ham og‘ir va mas’uliyatli bo‘lganligi, mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda bu mas’uliyat yanada kuchayganligini ta’kidlab axborot xizmati xodimlarining xizmatlarini e’tirof etdi.

Tadbir so‘ngida xodimlarga Boshqarma boshlig‘ining mukofotlari hamda tashakkurnomalari topshirildi.


Text to speech