28 Sentyabr 2024 yil 2366

27-sentabr – Butunjahon turizm kuni

27-sentabr – Butunjahon turizm kuni munosabati bilan Samarqandda qator tadbirlar belgilangan. 

Xususan, 27-29-sentabr kuni Samarqand shahrida xalqaro mototuristlar festivali o‘tkaziladi.

Shuningdek, 28-29-sentabr kunlari Samarqand shahridagi Islom Karimov ko‘chasida  "Silk Road Bazaar" milliy-hunarmandchilik va savdo festivali bo‘lib o‘tadi.

Sana munosabati bilan Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasining bir guruh xodimlari taqdirlandi.

Text to speech