29 Fevral 2024 yil 1239

3-sektorda “Qizil toifa”dagi yoshlar qolmasligi kerak

Jomboydagi “Barkamol avlod” maktabida 3-sektor hududida yashovchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi va tuman ichki ishlar bo‘limi mutasaddilari ishtirok etdi. 

Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsaddir. 

Shuningdek, uchrashuvda probatsiya hisobida turgan yoshlar ishi sayyor sud tartibida ko‘rib chiqildi. Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilinib, ishsiz yozlarning rasmiy ishga joylashishi taʼminlandi.

Text to speech