5000 AQSH dollari evaziga Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga oʻqishga kiritishni vaʼda qilganlar qoʻlga olindi
Samarqand IIB boshligʻi nomiga, fuqaro B. ariza bilan murojaat qilib, 2022-yil aprel oyining boshlarida ikki nafar shaxslar bilan tanishib qolganligini, ulardan biriga turmush oʻrtogʻini Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga oʻqishga kiritish uchun hujjatlar tayyorlayotganligini aytganida, ular talabalarni boshqa davlatdan Oʻzbekistonning oliy oʻquv yuritlariga koʻchirib berish bilan shugʻullanishini, turmush oʻrtogʻini 5.000 AQSH dollari evaziga Ukraina davlatining Universitetida 1-bosqichda oʻqiganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlar tayyorlab, ushbu soxta hujjatlar asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga 2-bosqichdan oʻqishga qoʻyib berishni vaʼda berib, oldindan 2.500 AQSH dollarini talab qilib kelayotganligini bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Mazkur arizaga asosan, 2022-yil 14-aprel Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va Samarqand viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilib, fuqaro X.B. ariza muallifidan 2.500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati