DIQQAT E’LON!
2025-yilning 6-8-oktabr kunlari Samarqand viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalaridagi bo‘sh lavozimlarni jamlash maqsadida tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘gan nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
-nomzod 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi:
- bo‘y ko‘rsatkichi erkaklar uchun 178 santimetr, ayol nomzoldar uchun esa 170 santimetrdan past bo‘lmasligi;
-shaxsini tasdiqlovchi xujjat;
-harbiy guvohnoma;
-diplom yoki o‘rta maktabni tugatganlik to‘g‘risida shahodatnoma;
-hududiy poliklinikadan berilgan 086 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
-sport kiyimi;
Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:
-ro‘yxatga olish;
-hujjatlarni o‘rganish;
-jismoniy tayyorgarlik darajalarini baholash;
-yakka tartibda suhbat o‘tkazish.
Tanlov o‘tkaziladigan manzil: Samarqand shahri
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, “Dinamo” o‘yingohi.