26 Noyabr 2021 yil 1081

Avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga inspektorga pora bermoqchi boʻlgan shaxsning “niyati” amalga oshmadi

2021-yil 25-noyabr kuni Samarqand shahri Boʻstonsaroy koʻchasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori Lasetti rusumli avtomashinani hujjatlarini tekshirish maqsadida toʻxtatgan vaqtida, haydovchi mashinani hujjatlarsiz boshqarib yurganligi aniqlanib, unga nisabatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Shundan soʻng, haydovchi avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga inspektorga 100 AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif qilgan. Xodim unga pora berish jinoyat ekanligini bir necha marotaba tushuntirsada, haydovchi kechroq kelishini aytib ketgan.

Holat yuzasidan inspektor bildirgi bilan murojaat qilgan.

Mazkur bildirgiga asosan IIV SHXBB Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi boʻlimi va Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilib, fuqaro 100 AQSH dollari miqdordagi pullarni YPX inspektoriga bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech