20 Avgust 2024 yil
1192
Qabul davomida 13 nafar fuqaroning 15 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi
Samarqand viloyati IIB binosida boshqarma boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatovning fuqarolar uchun navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 13 nafar fuqaroning 15 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.