19 May 2023 yil
1160
Avtobus haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi. O`quvchi shifoxonada vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
2023-yil 13-may kuni soat taxminan 15:30 larda Samarqand shahar “Rudakiy” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Beruniy-Gagarin” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida “ISUZI” rusumli avtobus haydovchisi mashinasini boshqarib borayotgan vaqtida, yo‘ldan harakatlanib o‘tayotgan 59-son ‘Nurli maskan’ maktabi o`quvchisi 2004-yilda tug`ilgan, Q.D.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.
Natijada tan jarohati olgan piyoda Q.D. shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 2023-yil 15-may kuni shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati