9 Iyun 2023 yil 1182

Avtoturargoh(garaj)ni uyga qo‘shib, omborxona sifatida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan kadastr xodimi qo‘lga olindi

2023-yil 7-iyun kuni huquqni muxofaza qiluvchi organlarga, fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda Kadastrlar palatasi Samarqand shahar filiali ishlab chiqarish muhandisi lavozimida ishlovchi shaxs Samarqand shahar A.Jomiy ko‘chasida joylashgan avtoturargoh(garaj)ni uyga qo‘shib, omborxona sifatida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib kelayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur arizaga asosan, joriy yilning 8 iyun kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasi hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari xamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Kadastlar palatasi Samarqand shahar filiali binosi yonida B.N. ariza muallifidan 1000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech