13 Avgust 2021 yil 840

Bezorilik sodir qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan

2021-yil 11-iyul kuni soat 20:30 larda Ishtixon shahri Ishtixon koʻchasida joylashgan “Ustozlar xiyoboni” nomli bogʻda, fuqarolar S.L., Yu.J. va B.Yo.lar, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, oʻzlariga oldindan notanish boʻlgan, ushbu bogʻdagi oshxonada ishlovchi F.S. va M.S. lar bilan janjallashib, ularga tan jarohatlari yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumon qilinuvchilar JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech