8 Avgust 2024 yil
911
Bulung`ur tumanida yig`ilish o`tkazildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Bulung`ur tumanida yig`ilish o`tkazdi.
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan Bulung`ur tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, shaxsiy tarkibning xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida Boshqarma boshlig‘i Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan tuman IIB boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan podpolkovnik Saidov Jamshid Ravshanovichni shaxsiy tarkibga tanishtirdi.