25 Fevral 2025 yil
3087
Bulung‘ur tumanida sodir etilgan qotillik jinoyati viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov ishtirokida muhokama qilindi
Muhokamada, tuman sektor rahbarlari, mazkur jinoyat sodir etilgan mahalla yettiligi hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Boshqarma boshlig‘i, o‘z so‘zida sodir etilgan ushbu jinoyatni kelib chiqish sabablari o‘z vaqtida o‘rganilmaganligi va uni barvaqt oldini olish choralari ko‘rilmaganligi sababli mahalla yettiligi vakillarini tanqid ostiga olib o‘tdi.
Shuningdek, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, oila-turmush munosabatlarida sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olishda mahalla yettiligi rolini va hamkorligini oshirish masalasiga ham alohida urg‘u berildi.
Kelgusida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.