20 Mart 2024 yil 996

”Dillarda Vatan madhi”

2024-yil - Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan yoshlar o‘rtasida “Dillarda Vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq va she’riyat tanlovini o‘tkazish belgilangan edi. Ichki ishlar vazirligi tomonidan qamrab olingan yoshlarning madaniyat va san’at sohalaridagi iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tanlov uch bosqichda o‘tkazilishi belgilangan.

Bugun Toyloq tumanida mazkur ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tuman IIB tomonidan o‘tkazilgan tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘z qalamlariga mansub she’r va qo‘shiqlari bilan ishtirok etishdi. Gʻoliblar tuman IIB boshlig‘ining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: