7 May 2024 yil 1100

Doim qalbimizdasiz!

"9-may – Xotira va Qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand viloyati ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlar, tizim faxriylari xonadonlariga borib, hol so‘rashmoqda.

O‘tganlarni xotirlash, keksalarning duosini olish asnosida ezguliklar, yaxshi tilaklar bildirilmoqda.

Bugungi dorilomon kunlarga yetishimizda hissalarini qo‘shganlar xotirlanib, ularning nomi ulug‘lanmoqda.

Text to speech