Yer sotish bilan bogʻliq yana bir noqonuniy holatga chek qoʻyildi
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻlimi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz X.S. mazkur tumandagi mahalliy fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 sotix yer maydonining 5 sotixini boshqa bir fuqaroning nomiga trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fabrika qurish uchun rasmiylashtirib berish evaziga undan 100 ming AQSH dollari talab qilib, soʻralgan pulning 70 ming AQSH dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olindi.
Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.