"Fidoyi ayol xodima" ko‘rik tanlovining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, kasbiy faolligini oshirish, ijodiy va intellektual salohiyatini namoyon etish orqali, Vatan va xalq manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan professional xodimalar sifatida tarbiyalash maqsadida, Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan sohada mehnat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida "Fidoyi ayol xodima" ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichlari tashkil etildi.
Tanlov jarayonida soha malikalari yugurish, kuch ishlatish, jangovar qurolni qismlarga ajratish va yig‘ish, o‘q otish kabi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha bahs olib borishdi.
Bundan tashqari, ulardan test sinovlari ham olindi.
Saralash bosqichi yakunida yuqori natija ko‘rsatib, g‘oliblikka erishgan ayollar boshqarma rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.