14 Avgust 2021 yil 792

Giyohvandlik moddalari savdosiga chek qoʼyildi

2021 yil 14 avgust kuni Samarqand tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan tumanning “Mironqul” mahallasida joylashgan Sil kasalliklari shifoxonasida tezkor tadbir oʼtkazildi.

Samarqand shahar “Koʼksaroy” mahallasida yashovchi, 1957 yilda tugʼilgan S.V., T. ismli shaxsga marixuanna giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlangan.

S.V. bilan olib borilgan surishtiruvlar davomida, ushbu giyohvandlik moddasini yuqorida koʼrsatilgan shifoxonada davolanayotgan 1981 yilda tugʼilgan D.I.dan olganligi aniqlanib, D.I.ning yoni koʼzdan kechirilgandan sport sumkasidan 0.5 sigʼimli banka ichidan marixuanna giyohvandlik moddasi boriligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech