13 Fevral 2024 yil 1101

"Go‘zalkent" mahallasida "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov Past Darg‘om tumanining "Go‘zalkent" mahallasida "Obod xonadon, 
obod ko‘cha, obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘i mahalla ko‘chalarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish asnosida, fuqarolarning 
xonadonlarida bo‘lib ular bilan bugungi bo‘layotgan o‘zgarishlar borasida suhbatlar qildi.

Mutasaddilarga odamlarni rozi qilish, ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish ustuvor vazifalardan biri ekanligini ta’kidlab, 
boshlangan obodonchilik va bunyodkorlik jarayonlarida ahamiyat qaratilishi zarur bo‘lgan vazifalar xususida ko‘rsatmalar berdi.

Text to speech