22 Aprel 2025 yil 126

“Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Urgut tumani IIB Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Urgut tumani IIB boshlig‘i tomonidan, tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yuzma-yuz muloqot jarayonida "2025-yil Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ 1-son Qaroriga asosan tasdiqlangan yo‘l xaritasining ijrosi yuzasidan Probatsiya nazoratidagi shaxslarning mavjud muammolari o‘rganildi.

Shuningdek, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etmasligi bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.


Text to speech