Samarqand viloyati ichki ishlar organlari xodimalari o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi
Samarqand shahridagi Pushkin nomidagi axborot-resurs markazida Samarqand viloyati ichki ishlar organlari xodimalari o‘rtasida ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi uchun tavsiya etiladigan 39 turdagi adabiyotlar bo‘yicha “Eng yaxshi kitobxon xodima” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik tanlovda faxrli birinchi o‘rin Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB xodimasi P.Xolmo‘minovaga, 2-o‘rin Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimasi safdor M.Abdurahimovaga va 3-o‘rin Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB xodimasi leytenant Z.Ibodullayevga nasib etdi. Shuningdek, tadbirdagi faol ishtiroki uchun bir guruh xodimalar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Tanlov so‘ngida g‘oliblarni Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik U.Utayev diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirladi.