Ichki ishlar oraganlari ma’muriy binolarida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash jarayonlari o‘rganildi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan viloyat IIB PPXB binosida amalga oshirilayotgan kapital ta’mirlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shinam va zamonaviy ta’mirlanayotgan binoda barcha qulayliklar yaratilishi, bugungi davr talablariga to‘liq javob berishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i Oqdaryo tumanida bo‘lib, tuman ichki ishlar bo‘limi uchun qurilayotgan yangi ma’muriy binoning qurilish jarayoni, bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi.
Boshqarma boshlig‘i qurilish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni qisqa va tez fursatda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi. Bu borada kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar hamda ishni tez va sifatli tashkil etishga ahamiyat qaratish zarurligi qayd etildi.