11 Mart 2025 yil 1769

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Zufar Kurbanov tomonidan Pastdarg‘om tumanida sayyor qabul oʻtkazildi

Qabul jarayonida fuqarolardan 30 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Ularning aksariyati tergov va surishtiruv, huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan bogʻliq boʻlsa, yana boshqalari oilaviy nizolar va ularni bartaraf etish, mol-mulk, uy-joy, yoʻl ta'miri va boshqa masalalarda ham boʻldi. 

Yuzma-yuz qabulda aholini qiynayotgan muammolar, ichki ishlar tizimi bilan bog‘liq masalalarni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi hamda fuqarolarga murojaatining ijrosi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Murojaatlarni ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.


Text to speech