6 Yanvar 2023 yil 512

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Oqdaryo tumanida oʻrganishlar olib bordi

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov joriy yilning 5-yanvar kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrgandi.

Jumladan, tumanning 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, tuman ishchi guruhi faoliyati oʻrganildi hamda tumandagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, aholini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan taʼminlash borasidagi masalalar muhokama qilinib, yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Vazir oʻrinbosari tuman IIBga kelib shaxsiy tarkib bilan suhbatlashib, hududdagi kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar huquq va erkinliklarini taʼminlash borasida yoʻriqnoma oʻtkazib, Oqdaryo tuman IIB maʼmuriy binosini koʻzdan kechirib, tegishli koʻrsatmalar berib oʻtdi.

Shundan soʻng, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tuman hokimligiga tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishib, axolini gaz, elektr va suv taʼminoti borasida mavjud muammolar va ularni bartaraf eitsh yuzasidan tegishli korxona xodimlariga koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanning “Yangiobod” mahallasida aholini suyultirilgan gaz balonlari bilan qay daraja taʼminlanganligini obdon oʻrganilib, ushbu yoʻnalishda yuzaga kelgan muammolar joyida bartaraf etildi.
Shu bilan birga tuman “Tibbiyot birlashmasi” hamda tuman tugʻruq kompleksiga ham tashrif buyurib, shifoxonadagi bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi.

Shundan keyin, “Amir Temur” MFYda joylashgan 30-sonli maktabgacha taʼlim muassasasiga borib, muassasaning isitish tizimi va bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirib, bolalarga sovgʻalar ulashildi.

Oʻrganishlar davomida vazir oʻrinbosari tumanidagi Loyish oziq-ovqat savdo bozoriga borib narh-navolar bilan yaqindan tanishdi hamda aniqlangan kamchiliqlar boʻyicha tuman sektor rahbarlariga alohida topshiriqlarni berildi.

Shundan soʻng, “Yangiobod” maxallasiga borilib, mahalla fuqarolari, mahalla raisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetkachisi, hokim yordamchisi va profilaktika inspektorlari bilan aholining muammolari yuzasidan suhbat oʻtkazib, mahallada yashovchi ijtimoiy koʻmakka muxtoj oilalar holidan xabar olindi.

Mazkur yoʻnalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech