17 Iyul 2024 yil 1952

Samarqand viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi va u yerda faoliyat olib borayotgan shifokorlar xodimlarning salomatligini mustahkamlash uchun xizmat qilishadi

Samarqand viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi va u yerda faoliyat olib borayotgan shifokorlar xodimlarning salomatligini mustahkamlash uchun xizmat qilishadi. 

Bo‘lim nafaqat ichki ishlar organlari balki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga ham xizmat ko‘rsatadi. 

IIV Tibbiyot boshqarmasi hamda Samarqand viloyati IIB rahbar-xodimlari ishtirokida Tibbiyot bo‘limida yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Uzoq yillar Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilib kelgan polkovnik Nargiza Karimova IIVning Samarqanddagi Reabilitatsiya markaziga rahbar bo‘ldi. 

Tibbiyot bo‘limiga esa viloyat IIB Tibbiyot bo‘limi gospitalida bosh vrach bo‘lib ishlab kelgan podpolkovnik Raxim Narpulatov tayinlandi.

Text to speech