5 Mart 2024 yil
299
IIBda navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi
Samarqand viloyati IIBda navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
Samarqand viloyati IIB boshligʻi o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Muzaffar Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish yuzasidan navbatdagi qabul oʻtkazildi.
Bu galgi qabulda ham 13 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha oʻrganildi.
Boshqarma boshligʻi o‘rinbosari har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini oʻz nazoratiga oldi.