30 Sentyabr 2023 yil 4074

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan IIV Samarqand akademik litseyida bayram tadbiri o‘tkazildi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan IIV Samarqand akademik litseyida bayram tadbiri o‘tkazildi. 

Unda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Faxriddin Rahmatov ishtirok etib, akademik litseyining jonkuyar ustoz va murabbiylarini bayram bilan qutladi

Shundan so‘ng, fan, san’at, sport sohalarida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar hamda Ichki ishlar vaziri va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyruqlari bilan taqdirlangan o‘qituvchilarga diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech