29 May 2022 yil
609
Kattaqoʻrgʻonda giyohvandlik vositalarini yetishtirgan shaxs qoʻlga olindi
Viloyat huquqni himoya qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Kattaqoʻrgʻon shahrida giyohvandlik oʻsimliklarni yetishtirib kelayotgan shaxs qoʻlga olindi.
Kattaqoʻrgʻon shahrida yashovchi 1967-yilda tugʻilgan B.M. yashash xonadonida 150 tup “koʻknori” va 1 tup “marixuana” giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 270- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.