28 Iyun 2022 yil 548

Kattaqo‘rg‘on shahar IIBga yangi rahbar tayinlandi

 
Kattaqo‘rg‘on shahar IIBga yangi rahbar tayinlandi

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Islomov G‘ulom Barotovich Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Raxmat Mamatov yangi tayinlangan rahbarni shaxsiy tarkibga tanishtirib, kelgusi xizmatlarida omad tiladi.

Mazkur tayinlovgacha G‘.Islomov Toyloq tumani IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Text to speech