6 Mart 2024 yil 1046

Kattaqo‘rg‘on shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Kattaqo‘rg‘on shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida 25 nafar fuqaroning 26 ta turli masalalardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Murojaatchilardan tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar berildi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, qabulda 5 nafar yoshlarga ID-kartalari tantanali ravishda topshirildi. 

Text to speech