17 Mart 2024 yil
                            
                                1089                            
                    Qo‘l jangi bo‘yicha Boshqarma boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazildi
21-mart - "Navro‘z - umumxalq bayrami" munosabati bilan Samarqand viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida sportning "Qo‘l jangi" turi bo‘yicha "Boshqarma boshlig‘i kubogi" musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada shahar-tuman IIBlari, sohaviy xizmatlardan 50 ga yaqin xodimlar o‘zaro kuch sinashishdi.
Murosasiz kechgan janglar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, boshqarma boshlig‘ining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 
 
                     
                                     
                                                         
                                                         
                                                         
                                                        