Markaziy harbiy okrugda joylashgan Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv tantanasi boʻlib oʻtdi
Markaziy harbiy okrugda joylashgan Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv tantanasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, Samarqand viloyati “Nuroniylar” kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, ota-onalar hamda bir gurux yoshlar ishtirok etdi.
Soʻzga chiqqanlar harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohatlar haqida gapirar ekan, Markazda serjantlar, yaʼni kichik komandirlarni tayyorlashning zamon talablariga javob beradigan darajada samarali tizimni yaratilgani eʼtirof etdi. Bitiruvchilar oʻz bilimi, malakasi, mahorati bilan Qurolli Kuchlar saflaridan munosib oʻrin egallayotgani alohida taʼkidlab oʻtildi.
Shundan soʻng, bitiruvchilarga sertifikat va koʻkrak nishonlari hamda ularning bir guruhiga “kichik serjant” va “III darajali serjant” unvonlari, shuningdek, oʻquv-tarbiyaviy jarayonida bitiruv imtihonlarini aʼlo baxolarga topshirgan harbiy xizmatchilarga “Aʼlochi mutaxassis” koʻkrak nishonlari topshirildi.
Shu kunning oʻzida IIV xodimlari ham Mudofaa vazirligidagi navbatdagi ixtisoslashtirilgan oʻquv kurslarini tamomladi. Oʻquv kursini mavaffaqiyatli tamomlaganlarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida kursantlarning qoʻl janggi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlari va Samarqand garnizoni orkestr jamoasi va viloyat madaniyat boshqarmasining konsert dasturi hamda bir guruh oʻquvchi yoshlarning goʻzal raqslari namoyish etildi.