Mashina gʻildiraklarini oʻgʻirlab ketgan shaxslarni topish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda
Samarqand shahar Guliston MFYda yashovchi fuqaro Samarqand viloyat IIBning “102” ishonch telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, 2023-yil 15-yanvardan 16-yanvar kuniga oʻtar kechasi, yashash uyining oldida turgan “Kobalt” rusumli avtomashinasining shina-diskalarini nomaʼlum shaxslar yechib olib, oʻgʻirlab ketilganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 16.01.2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borishga kirishilgan.
Hodisa sodir boʻlgan joyga Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB tezkor-tergov guruhi chiqib, tegishli tartibda koʻzdan kechirilgan.
Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB boshligʻi huzurida tezkor yigʻilish oʻtkazilib, jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash borasida tezkor reja ishlab chiqilgan.
Hozirgi vaqtda nomaʼlum shaxslarni aniqlash borasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati