25 Avgust 2024 yil 1179

Muhim tadbirlar oldidan

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali va O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami vaqtida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini ta'minlash masalallariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Yig‘ilishni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Xondamir Umarov boshqarib bordi.

Unda shahar-tuman IIB rahbarlari, sohaviy xizmatlar boshliqlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.

Nufuzli tadbir hamda bayramlar vaqtida namunaviy jamoat tartibini saqlash borasidagi aniq vazifalar belgilandi.

Text to speech