28 Avgust 2025 yil 429

“Eng yaxshi tergovchi” va “Eng yaxshi profilaktika inspektori” tanlovlarining viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 avgustdagi “Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo‘yicha respublika tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori talablari asosida viloyat IIB xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi tergovchi” hamda “Eng yaxshi profilaktika inspektori” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov o‘tkazildi. 

Tanlovda ishtirokchilar 5 bosqichda, ya’ni jismoniy va jangovar tayyorgarlik, ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan elektron test sinovlari, ishtirokchilarning individual psixologik xususiyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar asosida bellashishdi hamda yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlov yakuniga ko‘ra 1,2,3 o‘rinlarni egallagan g‘oliblar tanlovning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Text to speech