29 Fevral 2024 yil 1240

Nurobod tumanida yoshlarga yer maydoni ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 23 fevral kuni yoshlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilib, unda aholi bandligini ta’minlashda qishloq xo‘jaligida imkoniyatlar kengligi, oldingi yillarda shu maqsadda 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, dehqonchilik uchun odamlarga bo‘lib berilganligi va bu yil yana 60 ming 500 gektar yer yoshlarga ajratilishi belgilanganligini ta’kidlab, har bir yoshga maydon ajratish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.


Mazkur topshiriqlar ijrosi va bu borada amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish maqsadida viloyat IIB boshlig‘i Rahmat Mamatov va viloyat prokurori Murodqosim Eshnazarovlar Nurobod tumanida bo‘lishdi.

Sektor rahbarlari tumandagi ushbu ishlarga mas’ul bo‘lganlar bilan muloqot qilib, ularning mazkur yo‘nalishda amalga oshirayotgan ishlari bo‘yicha hisobotlarini tinglashdi va bu borada o‘zlarining tavsiya va takliflarini bildirishdi.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

 

Text to speech