15 Yanvar 2024 yil 1725

Oqdaryo tumanida viloyat 3-sektorining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Qabulni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Muzaffar Rahmatullayev o‘tkazdi. 

Unda turli sohalarga oid 20 ga yaqin murojaatlar tinglandi. 

Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari har bir murojaatni atroflicha o‘rganib, qonuniy qaror qabul qilish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, bir guruh yoshlarga ID-kartalar hamda O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi hujjatlari tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech