23 May 2022 yil 614

Pastdargʼom va Payariq tumanlarida giyohvandlik vositalarini yetishtirgan jinoiy guruh aʼzolari ushlandi

Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʼlimi hamda DXX hamkorligida oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, Pastdargʼom va Payariq tumanlarida giyohvandlik moddalarini yetishtirib kelayotgan jinoiy guruh aʼzolari qoʼlga olindi.

Oʼtkazilgan tadbir davomida, Pastdargʼom tumanida yashovchi, 1976 y.t. M.А. sement saqlash omborxonasidagi 4 sotix yer maydonida jinoiy aloqalari Pastdargʼom tumanida yashovchi, 1992 y.t. X.B. hamda Toshkent shaxrida yashovchi 1984 y.t. R.А.lar bilan birgalikda, 610 tup “marixuana” giyohvandlik vositalarini parvarishlab kelayotganligi fosh etildi.

Yana bir oʼtkazilgan tadbirda esa, Payariq tumanida yashovchi 1970 y.t. А.А. yashash xonadonida 103 tup “Koʼknori” giyohvand oʼsimligini parvarishlab kelganligi aniqlanib, xujjatlashtirib olindi.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech