19 May 2023 yil 18

Pastdargʻomdagi “Metan” gaz quyish shoxobchasida chaqnash sodir boʻldi. Hodisada jarohat olganlar yoʻq.

Bugun soat 11:20 larda Samarqand viloyat IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra, Pastdargʻom tumani Qatorterak MFYda joylashgan “Metan” gaz quyish shoxobchasida avtomashinasiga gaz quyish uchun kirgan “Gaz-53” rusumli avtomashinaning gaz balonida chaqnash sodir boʻlgan.

Hodisa oqibatida jarohatlangan yoki vafot etganlar yoʻq.

Mazkur holat yuzasidan Pastdargʻom tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech