23 Iyul 2022 yil 2127

Pastdarg‘omda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta janjalning oldi olindi

Pastdarg‘om tumani Zangiboy mahallasi hududidagi oshxonalarning birida ovqatlanib o‘tirgan ikki nafar shaxslarga, Pastdarg‘om tumani 
Baxshiboy mahallasida yashovchi, ularga oldindan tanish bo‘lgan S., A., R., K., M. hamda A. ismli shaxslar 
mast holatda hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, yonlariga chaqirishgan va ular bilan salomlashmaganligini vaj qilib, janjal ko‘tarishgan.

Samarqand viloyati IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, 
hodisa joyiga IIBning tezkor xodimlari hamda Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari yetib borib, barcha shaxslar ushlanib, 
janjalning oldi olingan.

Aniqlanishicha, Pastdarg‘om tumanidagi “Zangiboyi” va “Baxshiboyi” mahallalarida yashovchi ushbu shaxslar o‘rtasida oldindan 
kelishmovchilik bo‘lgan.

Holat yuzasidan ushbu janjalga yetakchilik qilgan 6 nafar shaxslarga nisbatan Samarqand viloyati IIB xuzuridagi Tergov boshqarmasi 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilar JPKning 
227-moddasi tartibida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech