7 Sentyabr 2021 yil 757

Pastdargʻom tumani IIB boshligʻi tomonidan navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi

Davlat rahbari tomonidan “Aholi murojaatlari bilan ishlash chora-tadbirlarini takomillashtirish” yuzasidan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Pastdargʻom tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, 3-sektor rahbari tomonidan tuman hududida joylashgan mahallalarda fuqarolarining murojaatlarini oʻrganish yuzasidan sayyor qabullar oʻtkazilmoqda.

Oʻtkazilgan navbatdagi qabulda 30 dan ortiq fuqarolarning salomatlik, ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy bilan taʼminlash, kredit va aliment undirish masalalarida bildirgan muammolari oʻrganildi.

Har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga murojaatlarni oʻz vaqtida, adolatli va xolis koʻrib chiqish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Bunday uchrashuvlarning oʻtkazilishi aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash, eng muhimi muammolarni ijobiy hal etish orqali xalqni rozi qilish uchun xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Text to speech