16 Sentyabr 2021 yil 2009

Payariqdagi doʻkondan 5100 AQSH dollarini oʻgʻirlab ketgan Eron fuqarolari qoʻlga olindi

2021-yil 12-sentyabr kuni Payariq tumani IIBga 1981-yilda tugʻilgan B.Sh. ariza bilan murojaat qilib, 12-sentyabr kuni soat 17:00 larda savdo doʻkoniga tashqi koʻrinishidan chet davlat fuqarosiga uxshaydigan bir erkak va ayol kishi kelib, turk tilida gapirib, 100 AQSH dollari pullarini ikkita 50 AQSH dollari kupyuralariga almashtirib berishini soʻraganligini, B.Sh. doʻkonidagi seyfidan kupyuralarni ularga olib berayotgan vaqtida, oʻsha erkak kishi seyfidagi 5100 AQSH dollarini oʻgʻirlab olib, yonidagi ayol bilan birga chiqib ketganligini, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Xavfsiz turizmni taʼminlash xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu jinoyatni Eron Islom Respublikasi fuqarolari 1958-yilda tugʻilgan R.A. hamda uning turmush oʻrtogʻi 1980-yilda tugʻilgan S.D.lar sodir etilganligi aniqlanib, Toshkent shahri hududida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Hozirda holat yuzasidan Samarqand viloyati Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech